Ma'muriy javobgarlik kodeksi

128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo'lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yo'l belgilari va yo'l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi

(128-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 апрелдаги ЎРҚ-1055-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.04.2025 й., 03/25/1055/0330-сон)

Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, velosiped yo'lkalaridan, piyodalar va velosiped yo'lkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yo'l belgilari yoki yo'lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo'yilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 128³-moddasida, 128⁴-moddasining birinchi qismida, 128⁵, 128⁶, 128⁷ va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o'tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo'lovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.