Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o'lchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, o'qqa tushuvchi og'irligi belgilangan normadan o'n foizgacha ortiq bo'lgan transport vositalarida yo'lga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o'lchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, o'qqa tushuvchi og'irligi belgilangan normadan o'n foizdan yigirma foizgacha ortiq bo'lgan transport vositalarida yo'lga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Tegishli ruxsatnomasiz og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish, yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o'lchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, o'qqa tushuvchi og'irligi belgilangan normadan yigirma foizdan ortiq bo'lgan transport vositalarida yo'lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko'rsatilgan harakat yo'nalishidan chetga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda o'lchash asbobidagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan jami xatolar hisobga olinib, o'lchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, ma'muriy jazo chorasi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
125¹-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
(125¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.