Ma'muriy javobgarlik kodeksi

119-modda. Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni ro'yxatdan o'tkazish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish

(119-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)

Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni ro'yxatdan o'tkazish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Yong'inga qarshi va avariya qutqaruv vositalari bilan ta'minlanmagan yoki qonunchilik talablariga zid ravishda qayta jihozlangan kemalardan yoxud kichik hajmli kemalardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Kemani yoki motorli kichik hajmli kemani kemalarni boshqarish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomondan boshqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Kemalardan yoki kichik hajmli kemalardan, shuningdek kemalar yoki kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, texnik nosozligi bo'lgan, foydalanilishi taqiqlangan kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.