Ma'muriy javobgarlik kodeksi

113-modda. Temir yo'l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish

(113-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 февралдаги ЎРҚ-916-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.03.2024 й., 03/24/916/0167-сон)

Temir yo'l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ashyolarni qo'yish, shuningdek temir yo'lni va qor to'sish g'ovlarini hamda boshqa yo'l ob'yektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Temir yo'ldan ot-arava haydab o'tish va chorva mollarni haydab o'tish, chorva mollarni temir yo'l yaqinida boqish qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Temir yo'l transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Temir yo'llarni belgilanmagan joylardan kesib o'tish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo'l izini belgilanmagan joydan kesib o'tish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.