Ma'muriy javobgarlik kodeksi

102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish

(102-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo'jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. 1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo'jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.