Nobank kredit tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirish chog'ida:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam bo'lmasligini ta'minlash;
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo'lishini ta'minlashi shart.
Lombard ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy bank talablariga muvofiqligini ta'minlashi kerak.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О небанковских кредитных организациях и микрофинансовой деятельности»
7-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.