Aktivlarining balans qiymati o'n milliard so'mdan ortiq bo'lgan mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, aktivlarining balans qiymati besh milliard so'mdan ortiq bo'lgan lombardlar, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
Nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi, shuningdek filiallari tomonidan qonunchilikka, ta'sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga, moliya-xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma'lumotlar to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish hamda monitoring qilish orqali ushbu organ yoki shaxs, shuningdek filiallar ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О небанковских кредитных организациях и микрофинансовой деятельности»
30-modda. Ichki audit xizmati
(30-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.