Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlar bo'ladi:
ushbu Kodeksning 166-moddasiga muvofiq xodimlarni ishdan bo'shatish to'g'risida axborot taqdim etish;
ushbu Kodeksning 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo'l qo'ymaslik;
ushbu Kodeksning 99-moddasiga muvofiq ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga shaxslarni ishga joylashtirish;
ushbu Kodeksning 165-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ogohlantirish;
ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq xodimning ish o'rnini boshqa ishga o'tkazish tartibida saqlash choralarini ko'rish;
mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 100-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda o'rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish;
taklif etilgan shaxslarga ushbu Kodeksning 101-moddasiga muvofiq kafolatlar berish;
o'zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 102-moddasiga muvofiq alohida asoslarga ko'ra bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qilish;
jamoa kelishuvlariga va jamoa shartnomasiga muvofiq qo'shimcha kafolatlar berish.
Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
97-modda. Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.