Mehnat kodeksi

81-modda. Jamoa kelishuvlarining turlari

Tartibga solinadigan munosabatlar sohasiga qarab hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin. Hududiy va tarmoq jamoa kelishuvlari ikki tomonlama yoki uch tomonlama bo'lishi mumkin. Ikki tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeksning 42 va 46-moddalarida ko'rsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari o'rtasida tuziladi. Uch tomonlama jamoa kelishuvlari ushbu Kodeks 42 va 46-moddalarining ikkinchi qismida ko'rsatilgan xodimlarning hamda ish beruvchilarning vakolatli vakillari va tegishli ijro etuvchi hokimiyat organi o'rtasida tuziladi. Bunda ijro etuvchi hokimiyat organining ishtirok etishi xodimlar va ish beruvchilar vakolatli vakillarining taklifiga ko'ra belgilanadi. Bajarilishining moliyaviy ta'minoti tegishli byudjetlar mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan majburiyatlarni o'z ichiga olgan jamoa kelishuvlari tegishli vakolatli organning roziligi mavjud bo'lgan taqdirda tuziladi. Bosh jamoa kelishuvi uch tomonlama bo'ladi hamda xodimlar va ish beruvchilarning respublika darajasidagi vakolatli vakillari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'rtasida tuziladi. Xodimlarning vakillari ish beruvchi yoki ish beruvchining vakili bo'lmagan ijro etuvchi hokimiyat organidan ular bilan ikki tomonlama kelishuv tuzishni talab qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.