Mehnat kodeksi

71-modda. Jamoa shartnomasining kuchga kirishi va amal qilish muddati

Jamoa shartnomasi imzolangan kundan e'tiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan e'tiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko'pi bilan uch yil amal qiladi. Mazkur muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguniga yoki amaldagi jamoa shartnomasini o'zgartirguniga, to'ldirguniga qadar amal qiladi. Taraflar jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uni uzaytirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.