Birlamchi, hududiy, tarmoq va respublika darajasidagi jamoaviy muzokaralar tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyalar tomonidan olib boriladi.
Jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi loyihalarini, ularga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi loyihalarni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini bajarish haqidagi qarorlar loyihalarini, shuningdek jamoaviy muzokaralar predmeti bo'lgan boshqa qarorlar loyihalarini tayyorlash uchun ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha hududiy, tarmoq va respublika komissiyalari ishchi guruhlar tuzadi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha boshlang'ich darajadagi komissiyalar, zarurat bo'lganda, ishchi guruhlar tuzishga haqli.
Ishchi guruhlar taraflar tengligi asosida ijtimoiy sheriklik taraflarining vakillaridan shakllantiriladi. Taraflarning har biri ishchi guruhdagi o'z vakillarining shaxsiy tarkibini mustaqil ravishda belgilaydi. Taraflarning kelishuviga ko'ra ishchi guruh tarkibiga maslahat ovozi berish huquqiga ega bo'lgan mustaqil olimlar, ekspertlar, mutaxassislar shartnoma asosida kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
62-modda. Jamoaviy muzokaralar olib borish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.