Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning navbatdagi yil uchun ish rejasi komissiyaning joriy yil to'rtinchi choragidagi oxirgi majlisida tasdiqlanadi.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
komissiya reglamentini tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan komissiya a'zolari;
komissiya majlislari o'tkaziladigan sanalar;
komissiya muhokamasiga taqdim etiladigan masalalarning ta'rifi;
komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan komissiya a'zolari;
jamoa kelishuvlarining, jamoa shartnomasining bajarilishi, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning ro'yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish choralari;
komissiya ishining texnik ta'minotiga qaratilgan chora-tadbirlar.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasida komissiyaning samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga, tegishli darajadagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Taraflarning kelishuviga ko'ra ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya majlislarida ish rejasiga kiritilmagan qo'shimcha masalalar ijtimoiy sheriklik taraflarining kelishuviga ko'ra ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
56-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya ishini rejalashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.