Mehnat kodeksi

548-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning vakolatlari

Mehnat nizolari bo'yicha komissiya mehnat to'g'risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo'llash masalalariga doir yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko'rib chiquvchi organ bo'lib, bundan bevosita sud tomonidan ko'riladigan nizolar mustasno. Tashkilotlarning tarkibiy bo'linmalarida tuzilgan mehnat nizolari bo'yicha komissiyalarning vakolatlari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra tasdiqlanadigan tegishli nizomda yoki boshqa ichki hujjatda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.