O'zini o'zi himoya qilish maqsadida xodim o'z hayotiga va sog'lig'iga bevosita tahdid soluvchi ishni bajarishni, shuningdek ish beruvchining talabiga ko'ra quyidagilarni:
mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishni;
qonunga xilof yoki hayotini va sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, xodimning yoxud boshqa shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni bajarishni ish beruvchini yoki o'zining bevosita rahbarini yoxud ish beruvchining boshqa vakilini yozma shaklda xabardor qilgan holda rad etishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilmaguniga qadar ishni yoki harakatlarni bajarishni rad etish vaqtida xodimning mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha huquqlari saqlanib qoladi.
Xodim ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o'zga hollarda ham ishlarni yoki harakatlarni bajarishni o'zini o'zi himoya qilish maqsadida rad etish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
531-modda. O'zini o'zi himoya qilish shakllari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.