Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyalar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi organlardir. Komissiyalar vakolatlarining muddati tegishli jamoa kelishuvini yoki jamoa shartnomasini tayyorlash va uning amal qilish muddatiga belgilanadi.
Taraflar tomonidan yangi jamoa kelishuvini, jamoa shartnomasini tayyorlash to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda ular ushbu Kodeksning 48 — 51-moddalarida nazarda tutilgan tartibda yangidan ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha tegishli komissiyalarni tuzadi. Bunda, agar ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya ishining yakunlariga ko'ra tegishli taraf avvalgi komissiya tarkibida bo'lgan shaxslarning faoliyatini qoniqarli deb topgan bo'lsa, tegishli tarafning qarori bilan komissiya tarkibiga ushbu shaxslar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
53-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyalar vakolatlarining muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.