Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma asosidagina amalga oshirish huquqiga ega, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Ish beruvchi O'zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalarini tuzishga ularda O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo'lgan taqdirdagina haqli, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari bilan o'rindoshlik shartlari asosidagi mehnat shartnomalari faqat ular tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir alohida tasdiqnoma olingan taqdirdagina tuzilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar va malakali mutaxassislar bilan o'rindoshlik shartlari asosida mehnat shartnomalarini tuzishning o'ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 526-moddasida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn523-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Chet el fuqarolari O'zbekiston Respublikasida ishlashi uchun maxsus ruxsat hujjati kerak. Bu tasdiqnoma shaxsning O'zbekiston hududida mehnat qilish huquqini tasdiqlaydi. Tasdiqnomasiz chet el fuqarosi qonuniy ravishda ishlai olmaydi.
Kimga tegishli
Bu qoida chet el fuqarolariga va ularni ishga oladigan ish beruvchlarga tegishli.
Amalda
Misol: Xorijiy mutaxassis O'zbekistonda kompaniyada ishlashni xohlasa, avval mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma olishi kerak. Tasdiqnoma bo'lmasa, ish beruvchi u bilan mehnat shartnomasini tuzolmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.