Xodim yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu tadbirkorni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati xodim va yakka tartibdagi tadbirkorning kelishuviga ko'ra qisqartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini unda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra bekor qilishga haqlidir.
Xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo'l qo'yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo'pol ravishda buzilishlari ro'yxati nazarda tutilishi mumkin.
Xodimni mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to'lanadigan ishdan bo'shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to'lovlarini to'lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to'xtatib turilgan hollarda xodimning o'rtacha ish haqi ikki hafta davomida saqlanib qoladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyati to'xtatib turilishi munosabati bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, lekin xodimning ikki haftalik o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda kompensatsiya to'lagan holda bekor qilishga haqli. Mazkur miqdordagi pulli kompensatsiya yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatining bir haftadan ortiq davom etgan to'xtatib turilishi davrida, xodim mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilgan taqdirda ham to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn511-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o'rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Xodim yakka tartibdagi tadbirkor (masalan, shaxsiy savdo bilan shug'ullanuvchi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o'z istaklari bilan bekor qilishi mumkin. Buning uchun tadbirkorni 7 kun oldin yozma xabar berish kerak. Agar tadbirkorning faoliyati to'xtab qolsa, xodimga 2 hafta ish haqi saqlanadi va keyin shartnoma bekor qilinadi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq xodimga (mehnat shartnomasida ishlayotgan shaxsga) tegishli.
**Amalda**
Qo'qon shahrida kichik do'konni boshqaradigan tadbirkor o'z faoliyatini to'xtatmoqchi bo'ldi. U o'z xodimiga 7 kun oldin yozma xabar berdi va shartnomani bekor qildi. Xodim 2 hafta ish haqi oldi va yangi ish izlashni boshladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.