Mehnat kodeksi

486-modda. Tashkilot rahbari, uning o'rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida bo'linmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish

Tashkilot rahbari, uning o'rinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo'linmasining rahbari bilan tashkilotning ta'sis hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatining rahbari bilan qonunda belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Qonunda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning ta'sis hujjatlarida tashkilot rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan oldingi tartib-taomillar (tanlov o'tkazish, lavozimga saylash yoki tayinlash va hokazo) belgilanishi mumkin. Tashkilot rahbarini, uning o'rinbosarlarini, tashkilot bosh buxgalterini va tashkilotning alohida bo'linmasi rahbarini ishga qabul qilish chog'ida olti oygacha muddat bilan dastlabki sinov belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.