Mehnat kodeksi

478-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — yetti soatu o'ttiz daqiqadan ortiq bo'lmasligi kerak. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi: o'ttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, o'ttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq bo'lmasligi kerak; yigirma to'rt soatli olti kunlik ish haftasida — to'rt soat, yigirma to'rt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.