Mehnat kodeksi

468-modda. Vaxta usulida ishlash chog'ida ish vaqtini hisobga olish

Vaxta usulida ishlash chog'ida ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin o'n ikki oydan ko'p bo'lmagan davr uchun jamlab hisobga olish belgilanadi. Hisobga olish davri quyidagilarni qamrab oladi: xodimning vaxtada bo'lgan davridagi ish vaqtini; ish beruvchining joylashgan yeridan yoki to'planish joyidan to ish bajariladigan joyga borish va ortga qaytish chog'ida yo'lda bo'lish vaqtini; mazkur kalendar davrga to'g'ri keladigan dam olish vaqtini. Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodim ish vaqtining va dam olish vaqtining hisobini oyma-oy hamda butun hisobga olish davri uchun yuritishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.