Mehnat kodeksi

457-modda. Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilishni va o'tkazishni rasmiylashtirish

Xodimni masofadan turib ishlashga qabul qilish va o'tkazish ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. Masofadan turib ishlash to'g'risidagi mehnat shartnomasi xodimni masofadan turib ishlashga nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasiga ko'ra qabul qilish haqidagi ish beruvchining buyrug'i e'lon qilinishi uchun asosdir. Masofadan turib ishlovchi xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan cheklovlarga amal qilgan holda yo'l qo'yiladi. Mehnat shartnomasiga doir qo'shimcha kelishuv doimiy ravishda masofadan turib ishlashga o'tish to'g'risida buyruqni e'lon qilish uchun asos bo'ladi. Xodimning vaqtincha masofadan turib ishlashga o'tishi haqida buyruqni e'lon qilish uchun xodimning masofadan turib ishlashga o'tishga va ishni masofadan turib bajarish rejimi shartlariga roziligini aks ettiradigan arizasi asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.