O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to'lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to'liq bo'lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to'lanadigan miqdorda amalga oshiriladi.
O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to'lashda har kungi ishning to'liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to'lash darajasiga qadar qo'shimcha haq to'lanadi.
Ishbay ishlarga qo'yilgan o'n sakkiz yoshga to'lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo'yicha haq to'lanib, bunda o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o'n sakkiz yoshga to'lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo'yicha qo'shimcha haq to'lanadi.
O'quv yili davomida o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn420-modda. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq to'lash
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar ish vaqti qisqartirilgan bo'lsa ham, to'liq ish vaqti davomida ishlagan kattalar kabi to'liq maosh oladi. Agar soatbay haq to'lansa, qisqartirilgan vaqt uchun qo'shimcha pul beriladi. Ishbay ishlarda katta yoshdagi xodimlar narxi bo'yicha haq to'lanib, qisqartirilgan vaqt uchun qo'shimcha to'lanadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan barcha xodimlarni qamrab oladi.
**Amalda**
Agar o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan o'quvchi kuniga 6 soat ishlasa va soatbay stavkasi 50 ming so'm bo'lsa, u 6 soat uchun to'liq haq oladi. Qisqartirilgan 2 soat uchun ham qo'shimcha pul beriladi, shunda umumiy maosh katta xodimlar kabi bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.