Трудовой кодекс

412-modda. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mehnatini qo'llash taqiqlanadigan ishlar

(412-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo'lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog'lig'iga, xavfsizligiga va ma'naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qo'llash taqiqlanadi. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo'l qo'yiladigan eng ko'p normalardan ortiq bo'lgan og'irlikdagi yuklarni ko'tarishi va tashishi taqiqlanadi. O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan xodimlar mehnatining qo'llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sog'lig'iga va ma'naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlar ro'yxati, shuningdek ularning og'ir yuklarni ko'tarishi va tashishi chog'ida yo'l qo'yiladigan eng ko'p normalar O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar xavfli, zararli ishlarda ishlay olmaydi. Yer osti ishlar, tungi kafeler, spirtli ichimlik va tamaki sotish, giyohvandlik bilan bog'liq ishlarda ularni ishlatish taqiqlanadi. Shuningdek, ulardan belgilangan normadan ortiq og'ir yuk ko'tarish talab qilinmaydi. Kimga tegishli Bu qoida 18 yoshgacha bo'lgan barcha o'smirlar va bolalarga tegishli. Amalda Agar 16 yoshli o'smirni qurilish saytida yer osti ishida ishlatmoqchi bo'lsalar, bu qonunga zid bo'ladi va taqiqlanadi. Yoki 17 yoshli qizni tungi klubda ishlatish ham qonunga zid hisoblanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.