Mehnat kodeksi

402-modda. O'n ikki yoshga to'lmagan bolalarning yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda ta'til olish huquqi

(402-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

O'n ikki yoshga to'lmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko'ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi o'n to'rt kalendar kungacha bo'lgan ta'til beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta'til yillik mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to'liq yoxud qismlarga bo'lib), lekin faqat joriy ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta'tilni keyingi ish yiliga ko'chirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.