Ish beruvchi kasaba uyushma qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko'ra tasdiqlanadigan tavsiyalarni inobatga olib, noqulay mehnat sharoitlariga ega bo'lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar ro'yxatini belgilashga haqli.
Ayollar tomonidan ular uchun yo'l qo'yiladigan eng ko'p normadan ortiq bo'lgan og'ir yuklarni ko'tarish va tashish taqiqlanadi.
Ayollarning og'ir yuklarni ko'tarishi va tashishi chog'ida ular uchun yo'l qo'yiladigan eng ko'p yuklamalar O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
393-modda. Ayollar mehnatini muhofaza qilish bo'yicha qo'shimcha choralar
(393-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.