Mehnat kodeksi

389-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari tasnifi

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo'yicha tasniflanadi: 1) mehnat munosabatlarining sub'yektlari (ayollar, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg'ul shaxslar, nogironligi bo'lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar) bo'yicha; 2) mehnat faoliyatining sohalari, tarmoqlari va turlari (pedagoglar va tibbiyot xodimlari, transport xodimlari va boshqalar) bo'yicha; 3) mehnat sharoitlarining og'irligiga va (yoki) zararliligiga qarab; 4) tabiiy-iqlim sharoitlariga qarab; 5) xodim va ish beruvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarining xususiyatlari (kasanachilar, masofadan turib ishlovchi xodimlar va boshqalar) bo'yicha. Mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.