Mehnat kodeksi

378-modda. Ishlab chiqarish ta'limining vaqti

O'quvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish ta'limi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshmasligi kerak. Tashkilotda ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan o'quvchilar, ish beruvchi bilan kelishilgan holda mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan to'liq ozod qilinishi yoki bu ishni to'liq bo'lmagan ish vaqti shartlarida bajarishi mumkin. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining amal qilishi davrida o'quvchi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilinmasligi, shuningdek ishlab chiqarish ta'limi bilan bog'liq bo'lmagan xizmat safarlariga yuborilmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.