Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi ushbu shartnomada ko'rsatilgan sanadan e'tiboran unda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining amal qilish davrida o'quvchilarga nisbatan mehnat to'g'risidagi qonunchilik, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining amal qilishi o'quvchi kasal bo'lgan vaqtga, harbiy yig'inlarni o'tash vaqtiga yoxud taraflarning kelishuviga ko'ra uzaytiriladi.
Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining amal qilish muddati davomida uning mazmuni faqat taraflarning kelishuviga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
376-modda. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining amal qilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.