Mehnat kodeksi

358-modda. Xodimning o'z hayotiga va sog'lig'iga tahdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi

Xodim ish jarayonida o'z hayotiga va sog'lig'iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganligi to'g'risida ish beruvchini darhol xabardor qilib, o'z hayotiga va sog'lig'iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilguniga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqli. Ana shu davr mobaynida xodimning o'rtacha ish haqi saqlanadi. Agar xodimning hayotiga va sog'lig'iga xavf soladigan holatlar yuzaga kelmaganligi aniqlansa, ish beruvchi ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida belgilangan tartibda xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.