Zarar uni bartaraf etib bo'lmaydigan kuch, oqlangan xo'jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash bo'yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
Oqlangan xo'jalik tavakkalchiligi deganda qo'yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo'lmaganda, xodimning o'z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g'amxo'rlik ko'rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko'rgan holda hamda xo'jalik tavakkalchiligining ob'yekti odamlarning hayoti va sog'lig'idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo'lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
338-modda. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.