Mehnat kodeksi

332-modda. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan qo'shimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish

Xodim mehnatda mayib bo'lganligi munosabati bilan vafot etgan taqdirda ish beruvchi dafn etish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni qilgan shaxsga ushbu xarajatlarning o'rnini qo'shimcha ravishda qoplashi shart. Dafn etish uchun zarur bo'lgan xarajatlar zararning o'rnini qoplash hisobiga kirmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlardan tashqari qo'shimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish vafot etgan xodimning jasadini tashish, ish beruvchining boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash rad etilganligi to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki nizo mazkur xarajatlarni qilgan shaxs foydasiga hal bo'lgan taqdirda to'lanishi lozim bo'lgan to'lovlarning miqdori xususida nizolashish bilan bog'liq xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ko'rsatilgan yuridik xizmat uchun advokatga haq to'lash xarajatlari va boshqalar) o'z ichiga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.