Mehnat kodeksi

320-modda. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g'ayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash majburiyati

Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o'rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo'lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi: ishga qabul qilish g'ayriqonuniy ravishda rad etilganligi; xodim g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilganligi; xodim ishdan g'ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi; xodim bilan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi; xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko'chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi; mehnat nizolarini ko'rib chiqish bo'yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi qarorini o'z vaqtida bajarmaganligi; xodimning boshqa ishga kirishiga to'sqinlik qiladigan, uning sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan ma'lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi; qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.