Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:
xizmat safarlarida bo'lganda;
sayyor va ko'chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko'ra boshqa joydagi ishga ko'chib o'tganda;
ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o'tganda;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lib qolganda;
xodim majburiy tibbiy ko'rikdan o'tganligi munosabati bilan;
xodim ushbu Kodeks 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta'tili uchun;
ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kompensatsiya to'lovlaridan tashqari ish beruvchi xodimlarga mehnat to'g'risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
286-modda. Ish beruvchining xodimga kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish majburiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.