Mehnatga haq to'lashning tarifli tizimi turli toifadagi xodimlarning ish haqini differentsiyalashning tarifli tizimiga asoslangan mehnatga haq to'lash tizimidir.
Tarifli tizim tarif setkasini, tarif stavkalarini (maoshlarni), tarif razryadlarini, tarif koeffitsiyentlarini o'z ichiga oladi.
Tarif setkasi ishning murakkabligiga va xodimlarning malakasiga doir talablarga qarab tarif koeffitsiyentlari yordamida belgilangan ishlar (kasblar, lavozimlar) tarif razryadlarining majmuidir.
Tarif razryadi ishlarning murakkabligini va xodimning malaka darajasini aks ettiradigan qiymatdir.
Tarif stavkasi (maosh) kompensatsiyaga oid, rag'batlantiruvchi va ijtimoiy to'lovlar hisobga olinmagan holda vaqt birligi uchun muayyan murakkablikdagi (malakadagi) mehnat normasi (mehnat majburiyatlari) bajarilganligi uchun xodimning mehnatiga haq to'lashning qat'iy belgilangan miqdoridir.
Tarif koeffitsiyenti keyingi razryadlar tarif stavkasining birinchi razryad tarif stavkasiga nisbatan karrali ko'paytirilishini aks ettiradigan, xodimlar malaka darajasining razryadlar bo'yicha nisbatidir.
Malaka razryadi xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiradigan qiymatdir.
Ishlarni tarifikatsiyalash mehnat turlarini ishlarning murakkabligiga qarab tarif razryadlariga yoki malaka toifalariga kiritishdir.
Bajariladigan ishlarning murakkabligi ularni tarifikatsiyalash asosida aniqlanadi.
Ishlarni tarifikatsiyalash va xodimlarga tarif razryadlari berish kasbga oid standartlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
250-modda. Mehnatga haq to'lashning tarifli tizimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.