Трудовой кодекс

244-modda. Xodimlarning mehnatiga haq to'lash sohasidagi asosiy kafolatlar

Mehnat to'g'risidagi qonunchilikda xodimlarning mehnatiga haq to'lash sohasidagi quyidagi asosiy kafolatlar nazarda tutiladi: mehnatga haq to'lash sohasida kamsitishni taqiqlash; teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to'lanishini ta'minlash; mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilash; ish beruvchining o'z moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to'lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to'lashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qo'yish; mehnatga natura shaklida haq to'lanishini cheklash; ish haqini to'lash tartibi va muddatlariga doir talablarni tartibga solish; normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan sharoitlarda ishlaganlik (ish vaqtidan tashqari, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari, tungi vaqtda ishlash) uchun mehnatga haq to'lashning kafolatlangan miqdorlarini belgilash; ushbu Kodeks 100-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga muvofiq ish beruvchining faoliyati tugatilgan hamda u to'lovga qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda xodim tomonidan ish haqi olinishini ta'minlash; byudjet tashkilotlari xodimlari uchun mehnatga haq to'lashning davlat tariflarini belgilash; xodimning ish haqidan ushlab qolish miqdorini cheklash; xodimning ishlab topilgan mablag'larni erkin tasarruf etishini cheklashni taqiqlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno; xodimlarga ish haqi o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash. Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda qonunchilikda belgilanganiga nisbatan xodimlarning mehnatiga haq to'lash sohasidagi qo'shimcha kafolatlar nazarda tutilishi mumkin. Mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to'lash shartlari mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanganiga nisbatan yomonlashtirilishi mumkin emas. Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan mehnatga haq to'lash shartlari mehnat to'g'risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan yomonlashtirilishi mumkin emas. Jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda belgilangan mehnatga haq to'lash shartlari jamoa kelishuvida belgilanganiga nisbatan yomonlashtirilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI 244-modda xodimlarning ish haqi to'g'risidagi asosiy huquqlarni himoya qiladi. Bu erda ish beruvchi xodimga qonun bo'yicha to'lashni majbur, teng miqdorda pul berish, minimal ish haqi belgilash va vaqtida to'lash kabi kafolatlar ko'rsatilgan. Shuningdek, qonun xodimning ish haqi olinishini cheklashni va uni erkin ishlatishini taqiqlaydi. KIMGA TEGISHLI Bu kafolatlar barcha xodimlar va ish beruvchilar uchun o'zbekiston qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlarni aniqlab beradi. AMALDA Agar xodim bir xil ishni bajarsa, erkak yoki ayol bo'lishidan qat'i nazar, bir xil ish haqi olishi kerak. Yoki ish beruvchi xodimning oylik ish haqi 500 ming so'mdan kam bo'lmasligi kerak, va bu pul har oyning 10-sida to'lanishi shart.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.