Трудовой кодекс

205-modda. Ish kuni (smena) davomidagi qo'shimcha tanaffuslar

Ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari xodimlarga quyidagi qo'shimcha tanaffuslar beriladi: qonunchilikda, sanitariya normalari va qoidalarida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan, texnologiya hamda ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish yoxud ushbu mehnat faoliyati turining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq tanaffuslar; yilning issiq yoki sovuq mavsumida ochiq havoda yoxud sovitilmaydigan yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlaydigan, shuningdek yuk ortish-tushirish ishlarida band bo'lgan shaxslar uchun maxsus tanaffuslar. Ish beruvchi isitish, sovitish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli bo'lgan xonalarni ta'minlashi shart. Bunday tanaffuslar taqdim etiladigan ishlarning ro'yxati, harorat ko'rsatkichlari, shuningdek ushbu tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish o'rinlarini mehnat sharoitlari hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfi bo'yicha attestatsiyadan o'tkazish asosida belgilanadi; bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi. Mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlarga ish kuni davomida ish vaqtiga kiritiladigan yoki kiritilmaydigan boshqa tanaffuslar berish nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Ish kuni davomida xodimlar asosiy tanaffusdan (ovqatlanish, dam olish) tashqari qo'shimcha tanaffuslar olishlari mumkin. Bular texnologiya xususiyatlari, iqlim sharoiti yoki bolani ovqatlantirish kabi sabablar bilan beriladi. Qo'shimcha tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi. Kimga tegishli Bu huquq barcha xodimlar uchun, ayniqsa qiyin sharoitda ishlaydiganlar uchun amal qiladi. Amalda Qayish zavodi xodimi issiq sharoitda ishlaydi. Qonun bo'yicha unga sovitish xonasida dam olish uchun qo'shimcha tanaffus beriladi. Ish beruvchi bu xonani ta'minlashi shart.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.