Agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo'mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo'lsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko'ra quyidagi hollarda bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligi talab etilmaydi:
tashkilot (uning alohida bo'linmasi) o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganligi munosabati bilan;
ushbu Kodeks 161-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga ko'ra tashkilot rahbari, alohida bo'linma rahbari bilan;
tashkilot mulkdori o'zgarganligi munosabati bilan ushbu Kodeks 489-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tashkilot rahbari, uning o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilotning alohida bo'linmasi rahbari bilan.
Kasaba uyushmasi qo'mitasi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga roziligi masalasi bo'yicha qabul qilingan qaror haqida mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ish beruvchiga xabar qilishi kerak. Agar ko'rsatilgan muddat tugaganidan keyin kasaba uyushmasi qo'mitasi qabul qilingan qaror haqida xabar qilmasa, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligisiz bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to'g'risidagi qarori qabul qilingan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn164-modda. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilishni kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishib olish
(164-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ish beruvchi xodimni ishdan chiqarmoqchi bo'lsa, jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida kasaba uyushmasi qo'mitasining oldindan roziligini olish talab qilingan bo'lsa, shu roziliksiz ishdan chiqara olmaydi. Lekin ba'zi holatlarda (tashkilot yopilganda, xodim qonun asosida ishdan chiqarilganda) kasaba uyushmasi roziligiga ehtiyoj yo'q.
Kimga tegishli
Bu qoida ish beruvchi va xodimlar kasaba uyushmasiga tegishli.
Amalda
Zavod direktori ishchi Alisher Xo'jayevni ishdan chiqarmoqchi bo'ldi. Jamoa kelishuvida kasaba uyushmasi roziligini olish kerak deb yozilgan. Direktori kasaba qo'mitasiga ariza berdi. Qo'mita 10 kun ichida javob berishi kerak. Agar javob bermasa, direktori xodimni ishdan chiqara oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.