Basharti ish beruvchi ishga joylashtirish to'g'risidagi taklif bilan jismoniy shaxsga taklifnoma yuborgan bo'lsa, ish beruvchi taklifnomaning amal qilish muddati davomida, agar taklifnomada muddat shartlashilmagan bo'lsa, taklifnoma yuborilgan kundan e'tiboran bir oy ichida ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Taklifnoma deganda ish beruvchining ushbu jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzish uchun to'g'ridan-to'g'ri, aniq ifodalangan rozilik bildirishi tushuniladi. Taklifnoma ish beruvchining tegishli vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari xodim qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillardan o'tgan taqdirda chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
101-modda. Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo'shimcha kafolatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.