«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

43-modda. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi

Agar jamiyatning ustavida jamiyatning kollegial ijro etuvchi organini (boshqaruvi, direktsiyasi va boshqalarni) tuzish nazarda tutilgan bo'lsa, bunday organ jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi tomonidan jamiyat ustavida belgilangan miqdorda va muddatga saylanadi. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a'zosi etib faqat jismoniy shaxs saylanadi, u jamiyatning ishtirokchisi bo'lmasligi mumkin. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi jamiyatning ustavi bilan o'z vakolatlari jumlasiga kiritilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi raisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining faoliyati va u tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyat hujjatlari bilan belgilanadi. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a'zosi ovoz berish huquqini o'zga shaxslarga, shu jumladan jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining boshqa a'zolariga berishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.