«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

31-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining vakolatlari

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: jamiyat faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to'g'risida qaror qabul qilish; jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o'zgartirish; ta'sis hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish; jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo'lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash; jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilish; jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish); auditorlik tekshiruvini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlariga hamda ularning xizmatlariga to'lanadigan haqning eng ko'p miqdorini aniqlash; boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilish; jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to'g'risida qaror qabul qilish; tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash; ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar umumiy yig'ilish tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashiga yoki jamiyatning ijro etuvchi organiga hal etish uchun topshirilishi mumkin emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.