Jamiyat ustavida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
jamiyatning to'liq va qisqartirilgan firma nomi;
jamiyat faoliyatining predmeti;
jamiyatning pochta manzili to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to'g'risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar, jamiyat ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan taqdirda, kuzatuv kengashining vakolatlari, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik (malakali ko'pchilik) ovozi bilan qabul qilinadigan masalalar to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqishi tartibi va uning oqibatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o'tishi tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to'g'risidagi ma'lumotlar;
jamiyatning shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa ma'lumotlar.
Jamiyat ustavi va unga kiritilgan o'zgartirishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Jamiyat ustavi va unga kiritilgan o'zgartirishlar davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar hamda shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlarining tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o'zgarishi bilan bog'liq o'zgartirishlar kiritilgan hollarda, bunday o'zgartirishlar yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan e'tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
14-modda. Jamiyat ustavi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.