Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o'ziga berilgan yoki qonunchilikka muvofiq o'zi sotib olgan ob'yektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to'liq amalga oshiradi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy byudjetlarning mablag'lari va byudjetdan tashqari jamg'armalarning mablag'lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo'lgan muhandislik infrastrukturasi ob'yektlari va boshqa ob'yektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag'i hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog'ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki
(8-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.