Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimida (bundan buyon matnda Yagona elektron tizim deb yuritiladi) ishlab chiqiladi, kelishiladi va ro'yxatdan o'tkaziladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hujjatlar, bundan normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan hujjatlar mustasno, agar shu hujjatning o'zida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, Yagona elektron tizimda ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o'zida kechroq muddat ko'rsatilmagan bo'lsa, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning Yagona elektron tizimda ro'yxatdan o'tkazilmagan hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar
(6-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.