Kengash tekshiruvi tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni o'rganish maqsadida o'tkazilishi mumkin.
Kengash tekshiruvini o'tkazish to'g'risidagi Kengash qarori deputatlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko'rib chiqish bilan bog'liq faoliyat Kengash tekshiruvining ob'yekti bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
25⁷-modda. Kengash tekshiruvi
(257-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.