Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning o'tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda joriy yilga mo'ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan sessiyasida eshitiladi. Mazkur sessiya viloyatlarda va Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o'tkazilganidan keyin o'n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar o'tkazilganidan keyin o'n kundan kechiktirmay o'tkaziladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo'linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o'rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo'linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida berilgan baholar hamda belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida e'lon qilinishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
25¹-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish
(25¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.