«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

18-modda. Xalq deputatlari Kengashining Ish tartibi

(18-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)

Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o'tkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni ko'rib chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni eshitish, Kengash so'rovini yuborish to'g'risidagi taklifni ko'rib chiqish, Kengash tekshiruvini o'tkazish, deputatlar so'rovlarini yuborish, qarorlar loyihalarini ko'rib chiqish, ovoz berish, qarorlarni o'qib eshittirish, sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning mas'uliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.