«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

16²-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari

Xalq deputatlari Kengashi raisi: xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi; xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi; Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish bo'yicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi; xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish to'g'risida qaror qabul qiladi; fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqadi; xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi; xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni ko'rib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi; deputatlarga o'z vakolatlarini amalga oshirishda ko'maklashadi; xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash choralarini ko'radi; xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika ta'minotini tashkil etadi; ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.