Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va apellyatsiya kengashi ustidan shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar to'g'risidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan e'tiboran uch ish kuni ichida so'rab oladi.
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki apellyatsiya kengashi shikoyat bo'yicha o'n besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki apellyatsiya kengashi shikoyat bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni o'zgarishsiz qoldirish;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga o'zgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur bo'lgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati bo'yicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
Shikoyat bo'yicha apellyatsiya kengashining qarori barcha a'zolar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Bunda apellyatsiya kengashi a'zolaridan birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Vakolatli organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda shikoyat yuqori turuvchi vakolatli organda yoki apellyatsiya kengashida ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e'tiboran:
qarorning amal qilishi va ijro etilishi to'xtatib turiladi, bundan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini yoxud xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish hollari mustasno;
jarimani ixtiyoriy ravishda to'lash muddati to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
60-modda. Shikoyatni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.