Jarima solish to'g'risidagi qaror yuborilgan kundan e'tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to'lashi mumkin.
Jarima solish to'g'risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining ellik foizi o'n besh kun ichida, yetmish foizi o'ttiz kun ichida huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to'langan hamda litsenziyani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki xabarnoma yuborish to'g'risidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilingan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to'lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ tomonidan huquqbuzarning o'z faoliyatini qonunchilik hamda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda yordam ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
55-modda. Jarimani ixtiyoriy ravishda to'lash tartibi
(55-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Jarima solish to'g'risidagi qaror yuborilgandan keyin bir oy ichida huquqbuzar jarima summasini to'lashi mumkin. Agar u 50 foizini 15 kun ichida, 70 foizini 30 kun ichida to'lasa va litsenziya yoki ruxsat hujjati olish uchun ariza bersa, qolgan jarima summasidan ozod etiladi.
**Kimga tegishli**
Bu tartibi qonun talablariga zid bo'lgan shaxslar va tashkilotlar qo'llashi kerak.
**Amalda**
Kompaniya litsenziyasiz faoliyat yuritgani uchun 10 million so'm jarima solindi. U 15 kundan keyin 5 million so'm to'ladi, 30 kundan keyin 7 million so'm to'ladi va litsenziya olish uchun ariza beradi. Shuning uchun qolgan 3 million so'mni to'lashdan ozod etiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.