Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
«xavfni tahlil etish» tizimi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati sub'yektlarining murojaatlari;
jismoniy shaxslarning litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikning buzilishi hollari to'g'risida maxsus elektron tizim orqali yuborilgan ma'lumotlari.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil bilan kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish o'n kungacha bo'lgan muddatda amalga oshiriladi.
Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan shug'ullanish holatlari bilan bog'liq buzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslar huquqbuzarlik tasdiqlanganda, undirilgan jarimaning o'n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
51-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish
(51-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-878-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.11.2023 й., 03/23/878/0852-сон — 2024 йил 17 февралдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.